Karyera Markazi
Markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
O'qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat faoliyatini olib borish istagini bildirgan talabalarning rasmiy bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Oliy ta’lim muassasasining ixtisosligidan kelib chiqib, ish beruvchilar bazasini shakllantirish va onlayn platforma bilan integratsiyasini ta’minlash;
Karyera kunlarini muntazam ravishda tashkil etish, korxonalarga rasmiy tashriflar uyushtirish, muvaffaqiyatga erishgan biznes va davlat xizmati vakillari bilan mahorat darslarini tashkil etish;
Potensial ish beruvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash, ular tomonidan taqdim etilgan vakansiyalar va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish;
Talabalar stajirovka va amaliyotini tashkil etish uchun ish beruvchilar bilan doimiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Talabalarning kelgusi hayotida zarur bo‘ladigan ko‘nikma va hunarlarni kasbga o‘qitish markazlarida o‘rgatishni tashkil etish;
Ish bilan band bo‘lgan talabalar hisobini yuritish va ushbu yo‘nalishda ularga barcha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
Norasmiy sektorda band bo‘lgan talabalarni monitoringini yuritish va ularni rasmiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.